Gruzin yozuvigruzin tilidagi mustaqil yozuv tizimi. Soʻnggi tadqiqotlarga koʻra, gruzin yozuvi sharqiy oromiy yozuvi asosida, taxminan mil. av. 3-asrda yuzaga kelgan. Keyinchalik yunon yozuvi taʼsirida oʻzgarishlarga uchragan. Masalan, yozuv yoʻnalishi, alifbodagi tartibi oʻzgargan, baʼzi unlilar ham oʻzlashtirilgan.

Gruzin yozuvining rivojlanish jarayonida birbiridan keskin farqlanadigan 3 shakli paydo boʻlgan: 1) sarlavhalarda uchraydigan (mtavruli) shakli; 2) satriy yozuv (nusxuru) va 3) aslzodalar yozuvi. Uchinchisi avvalgi ikki turidan keskin farq qilgan (xutsuri). Bu yozuv asosan cherkovlarda, shuningdek, harbiy sohada, aslzodalarning yozishmalarida qoʻllangan. Yangi gruzin yozuvi kitob nashri boshlanishi tufayli yuzaga kelgan (1709). Hozirda gruzin yozuvi qatʼiy fonologik tartibga asoslangan (har bir fonema maʼlum grafemaga toʻgʻri keladi), 33 belgiga — 5 unli, 28 undoshga ega. Bosma matnlarda, odatda, bosh harf boʻlmaydi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil