Husnixat (chiroyli yozuv) -chiroyli yozish sanʼati. Arab xati turlari (kufiy, nasx, suls, nastaʼliq va boshqalar) musulmon Sharqining yirik madaniy markazlarida keng tarqaldi hamda taraqqiy etdi. H.ni oʻrganish asosida 2 — "nazariy" (mashhur xat-totlarning yozuvlaridan nusxa koʻchirish) hamda "xayoliy" (turli yozuvlarni oʻrganish va qiyoslash) uslubi yotadi. Xattotning asosiy ish qurollari — qora va rangli siyoh, qogʻoz, qamish-qalam, mistar, davot (qalamdon), juzgir va qalamning uchini tekislash uchun pichoq. Xattotlar matn bilan birga meʼmoriy yodgorliklar (kitobalar), qogʻoz, mato va h.k.ga bezaklar ham yaratganlar. 19-asr oxirlariga kslib.shtografiyaning paydo boʻlishi bilan H.ning ahamiyati pasaya boshladi. 20-asr 2-yarmidan kitobat sanʼatini qayta tiklashga urinishlar H.ning qayta jonlanishini taʼminladi (yana qarang Xattotlik).