Immobillashgan fermentlar — molekulalari polimer birikmalar bilan kovalent bogʻlangan, sunʼiy olinadigan ferment preparatlar. Shuning uchun I. f. denaturatsiyani vujudga keltiruvchi taʼsirlarga nisbatan chidamli boʻladi. Bunday fermentlar nativ (tabiiy) fermentlarga nisbatan afzalliklarga ega. Ular proteoliz fermentlari va mikroorganizmlar taʼsirida parchalanib ketmaydi; turgʻun no-immunogen xususiyatiga ega boʻladi, shuningdek, organizmning zarur joyida toʻplanadi. I. f. analitik tadqiqotlar va nozik organik sintez jarayonlarida qoʻllaniladi. Kelajakda ularni tibbiyotda va biotexnologik sanoatda (anti-biotiklar, aminokislotalar, oziq moddalar olishda) qoʻllash mumkin.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil