Intubatsiya (lot. in — ichga va tuba — naycha) — nafas yoʻli toʻsilib qolganida (mas, hiqildoqda shish boʻlgani-da) hiqildoqqa ogʻizdan maxsus naycha qoʻyib nafasni tiklash yoki shu naycha orqali narkoz yuborib ogʻriqsizlantirish. I.ning ogʻizdan, burundan, temperatura-xeyada ochilgan teshikdan, oʻpkaning alohida bir tomonidan qilinadigan turlari bor. Uni maxsus vrach anesteziolog laringoskop apparati yordamida bajaradi. Tashhis qoʻyish yoki davolash maqsadida ichakni ham I. qilish mumkin. U holda zondlar ishlatiladi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil