Islohot — ijtimoiy hayotning biron-bir tomoni (tartiblar, idoralar, muassasalar)ni oʻzgartirish, qaytadan tuzish. Islohot rasman — har qanday mazmundagi yangilikni joriy etish hisoblansada, aslida isolohot deyilganda koʻp yoki oz darajadagi ilgʻor qayta oʻzgartirish nazarda tutiladi. Jamiyatdagi ijtimoiy iqtisodiy oʻzgarishlarning pirovard maqsadini vaziyatdan kelib chiqqan holda toʻgʻri belgilab olish muhimdir. Islohotlar turli mamlakatlarda ularning geografik joylashishi, iqlimi, iqtisodiy, intellektual salohiyati, maʼnaviyati, madaniyati, milliy xususiyatlari va boshqa oʻziga xos omillardan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Jamiyatning siyosiy, iqtisodiy, harbiy, madaniy, maʼrifiy, huquqiy va shu kabi sohalarida alohida yoki bir necha soqalarida bir yoʻla islohotlar qilinishi mumkin. Islohotlar vaziyatga qarab tadrijiy tarzda, bosqichma bosqich amalga oshirilsa muvaffaqiyatli boʻladi. Oʻzbekiston mustaqillikni qoʻlga kiritgach, jamiyat hayotining hamma sohalarida tub oʻzgarishlar boshlandi. Jumladan, bozor iqtisodiyotini qaror toptirishga yoʻnaltirilgan islohotlar xalqning turmush farovonligini yaxshilashga qaratilgandir (yana q. Iqtisodiy islohotlar).[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil