Jaloliddin Tursunovich Mirtojiyev (1954.15.2, Toshkent) — haykaltarosh, Oʻzbekiston xalq rassomi (2003). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1977). M.ning gips, bronzada yaratgan asarlari professional mahorati bilan diqqatga sazovor, asarlaridagi obrazlar yetuk, puxtaligi bilan ajralib turadi. Ilk asarlari "Lola", "Nigora", "Professor Rasulov", "Shum bola" va boshqa Oʻzbekiston mustaqilligi yillarida M. ijodi yuksak pogʻonaga koʻtarildi: "Bobur" (1993-yil, Andijonda), "Abdulla Qodiriy" (1994, Toshkentda), "Abdurauf Fitrat" (1996—97, Buxoroda), "Abdulhamid Choʻlpon" (1997, Andijon), "Alisher Navoiy" (2001, Moskvada), "Kamoliddin Beqzod" (2003, Chanchun shahri, Xitoyda), Amir Temur tavalludining 660 yilligiga bagʻishlab, "Temur Malik", "Mirzo Ulugʻbek", "Amir Temur", "Chovgon oʻyinida Bobur" va boshqa asarlarini yaratdi.

.

Adabiyot tahrir

  • Ahmedov B., Oʻzbekiston tarixi manbalari, T., 2001.

Naim Norqulov.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil