SAMNER (Sumner) Jeyms Betcheller (1887.19.11, Kapton, Ogayo shtati— 1955.12.8) — amerikalik biokimyogar. AQSH Milliy Fanlar akademiyasi aʼzosi (1948-yildan). Garvard universitetini tugatgach (1910), assistent (1914—29), Kornell universiteti tibbiyot kolleji professor (1929-yildan). Asosiy ilmiy ishlari fermentlar yoki enzimlar kimyosiga oid. Ilk bor ureaza enzimini kristall shaklda ajratib olgan. Yuqori darajada faol fermentlar preparatlarini sintez qilgan va bu kristall fermentlarning sof oqsillar ekanligini isbotlagan. Nobel mukofoti laureati (1946).[1][2]

James Sumner (1946)

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. Nobel mukofoti sovrindorlari