Jannatga yoʻl

oʻzbek shoiri Abdulla Oripov qalamiga mansub dramatik doston

„Jannatga yoʻl“ — oʻzbek shoiri Abdulla Oripov qalamiga mansub dramatik doston. 1980-yil Toshkent shahrida Oʻzbekiston Kommunistik partiyasi markaziy komitetining nashriyotida chop etilgan.[1] Asar nazm va dramaturgiya janrlari xususiyatlarini oʻzida jamlagan.

Jannatga yoʻl
Muallif(lar) Abdulla Oripov
Til oʻzbekcha
Janr(lar)i dramatik doston
Nashriyot Oʻzbekiston KP markaziy komitetining nashriyoti
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 1980
Sahifalar soni 47

Doston fantastik va afsonaviy-mifologik mavzu asosida yaratilgan. Asardagi voqealar „narigi dunyo“da sodir boʻladi. Aslida esa mifologiya yordamida realistik hodisalar yoritilgan, yaʼni adib afsonaviy naql vositalari orqali real dunyo muammolarini talqin qiladi. Oripov ushbu asarida ezgulikni imkon borida yoki imkon boricha roʻyobga chiqariladigan istak emas, balki amalga oshirilishi zarur ehtiyoj oʻlaroq tasvirlagan.

Kitob kirish soʻzini Matyoqub Qoʻshjonov yozgan. Asarni nashrga tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: Neʼmat Aminov — muharrir, Javlon Umarbekov — rassom, Galina Lomivorotova — texnik muharrir, Adxam Joʻraboyev — musahhih. Kitob adadi — 35 000 nusxa.

Manbalar tahrir

  1. „Jannatga yoʻl“ (ruscha). Rossiya davlat kutubxonasi. Qaraldi: 2020-yil 4-dekabr.

Havolalar tahrir