SAMPAYYU (Sampaio) Jorje (1939.18.9, Lissabon) — Portugaliya davlat arbobi. Lissabon universitetining yuridik fakultetini tugatgan (1961). Portugaliya akademiyalararo uyushmasi kengashi bosh kotibi (1961—62), 1962—69 yillarda Lissabonda advokatlik bilan shugʻullangan. Soʻl sotsialistik kuchlar harakati asoschisi (1974), Portugaliya muvaqqat hukumatining davlat kotibi (1975—78), Yevropa Kengashida inson xuquqlari boʻyicha Yevropa komissiyasi aʼzosi (1979—84), Sotsialistik partiyada xalqaro munosabatlar uchun masʼul (1986—87), Parlamentda Sotsialistik partiya guruhining raisi (1987—88), Sotsialistik partiya bosh kotibi (1989—91), Lissabon sh. meri (1989— 95), 1996 y. Nyanv.dan Portugaliya Respublikasi prezidenti. 1979—95 yillarda Portugaliya parlamenti deputati.[1]

Jorge Sampaio

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil