Katta opera — 1) opera janri, 19-asrning 20-y.larida Fransiyada yuzaga kelgan (L. Ober, "Portichidagi soqov ayol", 1828 va b.). Ulugʻvorligi, qahramonlik va romantik koʻtarinki ruhi, dramatizm, musiqiy-ifodaviy vositalarning yorqinligi, bezakdorligi hamda katta orkestr, xor va balet jamoalaridan foydalanishi bilan farqlanadi. Asosan, tarixiy mavzularda yaratilgan. Yirik vakili — J. Meyerber; 2) Parijdagi opera va balet teatrining nomi (k,. "Grand opera" teatri).[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil