Kimmerik — Bospor podsholigidagi antik shahar (miloddan avvalgi 5-asr — milodiy 3-asr). Kerch yarim orolning jan. qirgʻogʻida boʻlgan. Dastlab Gerodot qayd etib oʻtgan. Mil. boshlarida gullab yashnagan. 3-asrda shahar vayron boʻlgan. Arxeologik qazish-malar (1927, 1947-49, 1950-51) natijasida qalinligi 2,5 m keladigan mudofaa devorlari, milodiy 1—3-asrlarga oid ohaktoshdan ishlangan uy-joy harobalari, don saqlanadigan katta oʻralar, suv sisternalari topilgan. Aholi dehqonchilik, baliqchilik, chorvachilik, savdo-sotiq bilan shugʻullangan. Antik davrga oid qatlam tagidan jez davriga mansub manzilgoh harobasi chiqqan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil