Ushbu maqola musiqa guruhi haqidadir. Ichimlik uchun Koʻk choy maqolasiga qarang.

„Koʻk choy“ — 2012-yil Toshkent shahrida tuzilgan musiqa guruhi. Guruh asosan mavjud qoʻshiqlarning cover versiyalarini ijro etadi. 2015-yil oʻzining ilk singli — „Ketma“ qoʻshigʻini chiqardi.[1]

Koʻk choy

Koʻk choy guruhi (chapdan oʻngga – Pavel Nazarov, Viktor Kiselyov, Kamol Sharipov, Elvira Yunusova, Temur Yunusov va Eduard Sim
Umumiy maʼlumot
Kelib chiqishi Toshkent, Oʻzbekiston
Mamlakat Oʻzbekiston
Faoliyat yillari 2012 - hozirgi kungacha
Janr rock, pop
Tarkib
Sobiq aʼzolar
  • Stanislav Minikeyev

Guruhning hozirgi tarkibi Kamol Sharipov (vokal), Elvira Yunusova (vokal), Temur Yunusov (klavishlar), Viktor Kiselyov (gitara), Eduard Sim (bas gitara), Pavel Nazarovlardan (barabanlar) iborat. Yunusov guruh asoschisi hamda yetakchisidir. Hozirgi produseri — Murat Ibragim. Undan avval Kamil Sharafiyev produserlik qilgan.[2] Guruhning ovoz produseri esa Tim Karidir.

„Koʻk choy“ rus, oʻzbek, ingliz, turk, arab, fransuz, italyan, qozoq, tatar tillarida kuylaydi.

Diskografiyasi tahrir

Singllari tahrir

Yil Qoʻshiq
2015 „Ketma“
2016 „Степ“
2017 „Chempionlar/Чемпионы“

Kliplari tahrir

Yil Qoʻshiq Rejissor
2016 „Степ“
2017 „Chempionlar/Чемпионы“
2019 „From Samarkand with Love“ (Peyman Sadeghi bilan)

Manbalar tahrir

  1. Saatova, Malika. „Koʻk choy cover guruhining ilk mualliflik treki“ (ruscha). Voice of Tashkent (2015-yil 27-noyabr). 2016-yil 10-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 30-may.
  2. Madmusayev, Jahongir. „Koʻk choy − kontrastlarga asoslanib ijro etuvchi guruh“ (ruscha). My Day (2015-yil 3-mart). Qaraldi: 2016-yil 30-may.

Havolalar tahrir