Koordinatsiya soni - kimyoviy birikmalardagi markaziy kationni qurshab bogʻlangan neytral molekulalar va anionlarning umumiy soni. Markaziy atomning Koordinatsiya soni 1 dan 12 ga qadar boʻlishi mumkin. Lekin 8 dan katta K.s kam uchraydi. Kompleks birikmalarda markaziy atom bilan ligandlar orasidagi barcha bogʻlanishlar bir xil kuchga ega. Koordinatsiya sonining katta-kichikligi, asosan, kompleks hosil qiluvchi markaziy atom elektron qobigʻining oʻlchami, zaryadi va tuzilishi bilan belgilanadi. Magnusning koʻrsatishiga muvofiq, K.s markaziy ion radiusining ligand radiusiga boʻlgan nisbatiga bogʻliq. Masalan, km:Yad = 0,155 boʻlsa, markaziy atomning Koordinatsiya soni 2 ga teng, 0,155 dan 0,225 gacha boʻlsa, u 3 ga, 0,225 dan 0,424 gacha boʻlsa, 4 ga, 0,424 dan 0,732 gacha boʻlsa, 6 ga, 0,732 dan 1,37 gacha boʻlsa, 8 ga teng boʻladi (bu yerda RM — markaziy atom radiusi, Kl — ligand radiusi). Koordinatsiya soni anorganik birikmalar, metallar va qotishmalarning kristallo-kimyoviy xususiyatlarini aniqlashda katta ahamiyatga ega (yana qarang Koordinatsiyey birikmalar, Kristallokimyo).[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil