Koverkot (ing. covercoat — palto qoplamasi) — diagonal urshshshda jun yoki yarim jun iplardan zich toʻqilgan mato. Bunda arqoq sifatida har xil (oq va qoramtir) tusli ikki ipdan iborat pishitilgan ip, tanda sifatida bir qavat qoramtir ip olinadi. Tayyor mato kulrang-yashil, sargʻish-jigarrang va koʻkish-kulrang tusda boʻladi. K.dan kostyum va paltolar tikiladi. Ip-gazlama tarzida toʻqilgan K.lar ham boʻladi. Ulardan plashlar tikiladi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil