Kritik hajm - modda (yoki moddalar aralashmasi) ning kritik holatdagi solishtirma hajmi. Har bir modda xususiy Kritik hajmga ega. Moddaning suyuq holatidagi hajmi shu moddaning Kritik hajmidan katta boʻla olmaydi. Chunki temperatura ortishi bilan suyuqlikning hajmi kengayadi, bugʻlanish ham ortadi. Bugʻning zichligi ortsa, solishtirma hajmi kamayadi. Vatijada, Kritik hajmda suyuqlik eng katta hajmga ega boʻladi. Kritik holatda moddaning suyuq va gaz fazalarining solishtirma hajmi tenglashadi (baʼzi moddalarning Kritik hajm Vk qiymati kritik nuqta maqolasida berilgan).[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil