Kumush toʻy — er-xotinning oila qurganlariga 25 yil toʻlishi munosabati bilan oʻtkaziladigan toʻy marosimi. Bunga er-xotinning urugʻ-avlodi, yaqinlari va mahalla ahli taqlif etiladi. Kumush toʻyga keluvchilar toʻy qiluvchilarga sovgʻalar va sarpolar olib kelishadi. Oʻgʻil-qizlar, imkon boʻlsa, ota-onasiga kumush buyumlar sovgʻa qiladilar. Er-xotin eshik oldida mehmonlarni shaxsan koʻtib oladi. Mehmonlarga ziyofat beriladi. Kechada er-xotin davraning toʻridan joy oladi. Mehmonlar 25 yoshga toʻlgan oilaga, erxotinga, ularning farzandlariga eng yaxshi tilaqlarini izhor qiladilar. Kumush toʻy oʻzbeklar uchun yangi odat boʻlib, Yevropa xalqlaridan oʻtgan. Shahar joylarda ziyolilar orasida urf boʻlib bormoqda.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil