La Banda („guruh“) — Riki Martin va Saymon Kouell tomonidan tashkillashtirilgan musiqiy teleseriyalar shousi. Shou asli Ispan tilida qoʻshiq kuylovchi yosh iqtidorli ijodkorlar uchun yaratilgan boʻlib, gʻoyani dastlab Riki Martin oʻylab topgan.[1] Ammo rasman musiqiy teleserial sifatida Alexandra Espinosa tomonidan taqdim etilgan. Serial „Syco Entertainment“, „Saban Brands“ va „Univision“ kompaniyalari tomonidan hamkorlikda ishlab chiqarilgan.

La Banda
Fayl:La Banda logo.jpg
Janri Realiti teleko'rsatuv
Muallif(lar) Saymon Kouel
Mamlakat Qo'shma Shtatlar
Til Ingliz, Ispan
Mavsumlar soni 2
Qismlar soni 28 (2016-yil 11-dekabrdan hisoblaganda)
Ishlab chiqarish
Prodyuser(lar) Riki Martin
Joy Mayami, Florida
Studiya(lar) Univision
Syco Entertainment
Saban Brands
FremantleMedia Shmoliy Amerika
Efirga uzatilishi
Telekanal Univision
Las Estrellas
Translyatsiya davri 13-sentyabr, 2015-yil(2015-09-13) — 11-dekabr, 2016-yil(2016-12-11)

Univision serial efirga uzatilganidan beri ikkita faslni televideniyega translyatsiya qildi. 1-fasl premyerasi 2015-yil 13-sentabrda boʻlib, 2015-yil 13-dekabrgacha davom etdi, unda hakamlar hay’ati aʼzolari sifatida Riki Martin, Laura Pausini va Alexandro Sans qatnashdi.[2][3] 1-fasl yakunidan soʻng serial tashkilotchilari yangi mavsumni ishlab chiqishga qaror qilishdi va keyingi musiqiy dasturda ishtrok etish uchun iqtidorli yosh oʻsmirlarni izlashga kirishdi. Teleserialning 1-mavsumi Lotin Amerikasidagi oʻsmirlar tomonidan ijobiy qabul qilindi va bu mavsumning gʻoliblari sfatida hozirda CNCO deb nomlanuvchi guruh mashhurlikka erishdi.[4]

2-mavsumda shouning shartlari oʻzgardi, bu safar shouda Lotin Amerikasining musiqa sevar, iqtidorli oʻgil bolalardan va qizlardan tashkil topgan guruhlarni kashf etishni oldiga maqsad qildi. Serialning 2-mavsumi 2016-yil 11-sentabrdan 2016-yilning 11-dekabriga qadar davom etib, Visin, Laura Pausini va Mario Domm hakamligida efirga uzatilgan.[5] Unda MIX5 nomli yangi guruh gʻolib boʻldi, ishtirokchilari Brayan Kruz (Kuba), Taishmara Rivera (Puerto-Riko), Kristian Kastro (Puerto-Riko), Danelli Xoyer (Meksika) va Garmandi Kandelario (Dominikan Respublikasi)dan iborat edi.[6]

Bir yillik tanaffusdan soʻng 2018-yilda faoliyatini qayta boshlagan La Banda musiqiy seriali 3-mavsumga start berdi.[7] Bu paytda serialning Meksikada ham, Gretsiyada ham spinofflari mavjud edi.

Xalqaro versiyalari tahrir

     Hozirda efirga uzatilayotgan franchayzing      Kelgusi mavsum bilan franchayzing      Yakuniga yetgan franchayzing

Mamlakat/Hudud Mahalliy titul Tarmoq Gʻolib Hakamlar Mezbonlar
Andoza:Country data Arab Ligasi Al-Fareq الفريق MBC 1
  • 1-fasl, 2019: ?
  •   Mohamed Al-Daaem (1)
  •   Nasser Al-Ziani (1)
  •   Mansur Al-Harbi (1)
  •   Ammar Yusef (1)
  Gretsiya

  Kipr
La Banda Open TV
  • 1-fasl, 2018: Bekor qilingan
  • Anna Maria Velli (1)
  Filippin Pinoy Boyband Superstar ABS-CBN (1)
  Portugaliya La Banda — Um Grupo, Um Sonho RTP1

[1]
  • 1-fasl, 2019: BMRNG

Havolalar tahrir


  1. Tinico. „Ricky Martin Joins 'La Banda' As Judge; Will Executive Produce Univision Talent Show With Simon Cowell [VIDEO“]. latintimes.com (2015-yil 19-fevral). Qaraldi: 22-oktabr 2017-yil.
  2. „Laura Pausini Joins Univision Network's "La Banda" as a Judge“. corporate.univision.com (2015-yil may). Qaraldi: 22-oktabr 2017-yil.
  3. „Alejandro Sanz Joins Univision Network's "La Banda" as a Judge“. corporate.univision.com (2015-yil 6-may). Qaraldi: 22-oktabr 2017-yil.
  4. Barrera. „'La Banda' Univision Finale: Christopher Vélez, Richard Camacho, Joel Pimentel, Erick Brian Colón, Zabdiel De Jesus Are CNCO!“. latintimes.com (2015-yil 13-dekabr). Qaraldi: 22-oktabr 2017-yil.
  5. Roiz. „'La Banda 2' Judges: Univision Reveals Which Two Artists Join Laura Pausini In Reality Show“. latintimes.com (2016-yil 30-iyun). Qaraldi: 22-oktabr 2017-yil.
  6. Flores. „Meet MIX5: 'La Banda' Wraps Second Season With New Band“. billboard.com. Billboard. Qaraldi: 22-oktabr 2017-yil.
  7. Univision.com: La Banda is back! Espera su tercera temporada en el 2018 (ispancha)