Leyb-gvardiya — baʼzi monarxik davlatlarda hukmdorning shaxsiy qoʻriqchilari va eng sara harbiy qismlarning faxriy nomi. Rossiyada Pyotr I tomonidan 17-asr oxirida taʼsis etilgan. Keyinchalik Rossiya armiyasining koʻpgina gvardiyachi qismlari L.-g. nomi bilan atalgan. Shuningdek, baʼzi armiyalar tarkibidagi polklarning nomiga ham "leyb" qoʻshimchasi qoʻshilgan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil