Liditse (chex. Lidice, nemischa: Liditz) — Kladno shahri (Chexiya)ning jan.-sharqida joylashgan shaxtyorlarning tarixiy shaharchasi. Ikkinchi jahon urushi davrida nemis fashist bosqinchilari L. aholisini Chexoslovakiya protektori (homiysi) R. Geydrixga suiqasd uyushtirgan chexoslovak vatanparvarlarini yashirganlikda ayblab, 1942-yil 10-iyunda L.ga oʻt qoʻyib, uni yer bilan yakson qilganlar. 15 yoshdan oshgan barcha erkaklar otilgan, bolalar va ayollar konslagerlarga joʻnatilgan. L. nomi Chexoslovakiyaning aholi punktlari roʻyxatidan oʻchirib tashlangan. Chexoslovakiya bosqinchilardan ozod etilgach (1945), L. oʻrnida muzey tashkil etilgan, unga yaqin joyda yangi L. shaharchasi qurilgan.[1]

Lidice

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil