Maʼmun Ibn Maʼmun Abul Abbos (? — 1017) — xorazmshohlar sulolasining 3-hukmdori (1009—17). Gurganch (Urganch)da "Maʼmun akademiyasi"ga asos solgan (qarang Xorazm Maʼmun akademiyasi). Oʻrta Osiyo, Sharq mamlakatlarining bir qancha alloma, shoir va yozuvchilarini oʻz atrofiga toʻplagan. Maʼmun Ibn Maʼmun Abul Abbos Urganchda bir qancha yirik binolar qurdirgan. Mahmud Gʻaznaviyning Xorazmga qilgan yurishi (1017) natijasida bu yerdagi olimlarning koʻpchiligi Gʻaznaga majburan olib ketilgan, shahar inqirozga yuz tutgan. Saroyda uyushtirilgan suiqasd natijasida Maʼmun Ibn Maʼmun Abul Abbos oʻldirilgan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil