Madina (tarixiy manbalarda) — oʻrta asrlarda musulmon mamlakatlarida shaharning hukumat binolari va yuqori tabaqa vakillari joylashgan asosiy qismi, ichki shahar. Mustahkam devor bilan oʻralgan, atrofida hunarmandlar, savdogarlar va boshqa kasb egalari yashaydigan mahallalar boʻlgan. M.da 2 tadan 4 tagacha darvoza boʻlib, darvozadan shahar ichkarisiga qarab choʻzilgan asosiy koʻchalar shaharni kattakatta daha (kvartal)larga ajratgan. Har bir daha ichida mayda koʻchalar boʻlgan (yana qarang Shahriston).[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil