Mehmed VI Vahid ud-Din (وحیدالدین; Altıncı Mehmet, Mehmet Vahideddin) (18611926) — Usmonlilar imperiyasining soʻnggi, 36-sultoni (1918-1922)

Mehmed VI
محمد سادس
Mehmed-i Sadis
Usmonlilar imperiyasi podshohi, xalifasi
Hukmronligining boshlanishi: 1918
Hukmronligining tugashi: 1922
Oʻtmishdosh: Mehmed V
Voris:(tugatilgan)
Tugʻilgan sanasi: 2-fevral 1861-yil
Tugʻilgan joyi:Istanbul, Usmonlilar imperiyasi
Vafot sanasi:15-may 1926-yil(1926-05-15)
(65 yoshda)
Vafot joyi:San-Remo, Italiya
Dafn joyi:Sulaymoniya takyasining qabristoni, Damashq, Suriya

Tarjimai hol tahrir

Birinchi jahon urushi tugayotgan paytda taxtga oʻtirgan. Imperiya urushda Antantaga magʻlub boʻlgan, bu paytda Usmonli imperiyasi ancha zaiflashib qolgan edi. Podshoh esa, Antanta qoʻlidagi qoʻgʻirchoqqa aylanib qolgandi. 1919-yilda Anatoliyada Mustafo Kamol boshchilgida podshoh hokimiyatiga qarshi isyon koʻtarilgan. 1920-yilda Mustafo Kamol yangi tuzilgan hukumatga rahbar boʻlgan. Sulton Mehmed Mustafo Kamolga qarshi kurashish uchun Antantadan yordam soʻraydi, lekin Kamol bilan kurash befoyda boʻlib chiqadi. 1922-yil 1-noyabrda Usmonlilar imperiyasi tugatiladi. Mehmed Italiyaga qochib ketadi. 1926-yili vafot etadi[1][2][3]. Suriyaning Damashq shahridagi Sulaymoniya takyasining qabristoniga dafn etilgan.

Manbalar tahrir

  1. „Consorts Of Ottoman Sultans (in Turkish)“. Ottoman Web Page. Qaraldi: 2010-yil 17-dekabr.
  2. Mehmed VI
  3. Osman