Melanj (frans. — melange — qorishma) — togʻ jinslari majmui; oʻta asosli jinslar, asosli lava va tuflar, metomorfik jinslar, yashma, ohaktoshlarning harsanglaridan iborat. Jinslar tartibsiz, maydalanganlik izlari saqlangan va oʻzaro oʻrin almashgan holatda yotadi. Tektonik qoplamalarning shakllanishi vaqtida vujudga keladi va Yer pustila yirik gorizontal harakatlar boʻlganligidan darak beradi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil