Mening yulduzim (2018)

oʻzbek shoiri Erkin Vohidov yozgan sheʼrlar toʻplami (2018)

Mening yulduzim“, toʻliq nomi „Mening yulduzim: Sheʼrlar“ — oʻzbek shoiri Erkin Vohidov qalamiga mansub sheʼriy toʻplam. 2018-yil Toshkent shahrida Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi davlat ilmiy nashriyotida chop etilgan.[1] Toʻplamga shoir turli yillarda yozgan 56 sheʼr, shu jumladan, „Kamtarlik haqida“, „Mening yulduzim“, „Oʻzbegim“, „Nido“, „Tirik sayoralar“, „Sharqiy qirgʻoq“, „Yaxshidir achchiq haqiqat“, „Inson“ va „Qumursqalar jangi“ sheʼrlari kiritilgan.

Mening yulduzim
Muallif(lar) Erkin Vohidov
Til oʻzbekcha
Janr(lar)i sheʼrlar
Nashriyot Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi davlat ilmiy nashriyoti
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 2018
Sahifalar soni 144
ISBN ISBN 978-9943-07-646-4

Toʻplam nomi shu nomli sheʼr nomidan olingan. 1964-yilda shoirning ilk sheʼriy toʻplamlaridan biri ham „Mening yulduzim“ nomi bilan chop etilgan.

Asarni nashrga tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: Laylo Hasanova – muharrir, Shavkat Ilhomov – badiiy muharrir, Nodira Ahmedova – texnik muharrir, Zilola Mahkamova – kichik muharrir, Miryusuf Mirsolihov – musahhih, Shahboz Sirojiddinov – sahifalovchi. Kitob adadi – 10 000 nusxa.

Manbalar tahrir

  1. „„Mening yulduzim“, GNI „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi““. Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston milliy kutubxonasi. Qaraldi: 2020-yil 16-dekabr. [sayt ishlamaydi]