Mogilyov yoki Magilev (belaruscha: Магілёў) — Belarusdagi shahar, Mogilyov viloyati markazi. Dnepr daryosi sohillarida joylashgan. Temir yoʻl va avtomobil yoʻllari tuguni. Dnepr daryosidagi pristan. Aeroport bor. Aholisi 371,4 ming kishi (1998).

Mogilyov

belaruscha: Магілёў
Skyline of Mogilyov
Mogilyov
Bayroq
Mogilyov
Gerb
53°54′32.18″N 30°20′34.66″E / 53.9089389°N 30.3429611°E / 53.9089389; 30.3429611 G OKoordinatalari: 53°54′32.18″N 30°20′34.66″E / 53.9089389°N 30.3429611°E / 53.9089389; 30.3429611 G O
Mamlakat Belarus
Viloyat Mogilyov viloyati
Asos solingan 1267
Ilk eslatilishi 1267
Maydon 1,185 km2 (458 mi²)
Rasmiy til(lar)i belarus tili va rus tili
Aholisi
 (2023)
353 338
Zichligi 3013,5 kishi/km2
Vaqt mintaqasi UTC+3
Telefon kodi +375 222
Pochta indeks(lar)i 212001—212040
Mogilyov xaritada
Mogilyov
Mogilyov

Mogilyov viloyat sanoat mahsulotining yarmini beradi. Muhim tarmoqlari: metallsozlik va mashinasozlik (avtomobil, qurlish materiallari sanoati uchun asbob-uskunalar ishlab chiqariladigan "Strommashina", "Elektrodvigatel", metall konstruksiyalar, lift zavodlari), kimyo ("Lavsan" sintetik tola, kimyo kombinatlari, sunʼiy tola zavodi), oziq-ovqat (goʻsht kombinatlari, konditer fabrikasi, non, konserva, yogʻ-pishloq zavodlari), yengil sanoatlari (tikuvchilik, trikotaj, lenta toʻqish, poyabzal fabrikalari) rivojlangan. Qurilish materiallari (silikat buyumlar, temir beton buyumlar, qurilish materiallari, kombinatlari) ishlab chiqariladi. Yogʻochsozlik korxonalari, 2 TETS ishlab turibdi.

Mogilyovda 2 oliy oʻquv yurti, oʻrta maxsus oʻquv yurtlari, 2 teatr, oʻlkashunoslik, etnografiya va boshqa muzeylari bor. Shahar 1267-yildan maʼlum, 1569-yildan Polsha, 1772-yildan Rossiya tarkibida. Nikolay cherkovi (17-asr) saqlangan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil