Mumford & Sons ("Mumford va oʻgʻillari") britan folk-rok guruhidir. Guruh aʼzolari: Marcus Mumford (vokal, gitara, dovul, mandolina), Ben Lovett (vokal, klavish, akkordeon, dovul), Winston Marshall (vokal, banjo, gitara, dobro) va Ted Dwane (vokal, kontrabas, dovul, gitara). Mumford & Sons 2007-yil dekabrida gʻarbiy Londonda tashkil topgan.

Mumford & Sons

Mumford & Sons Teatro Romanodagi konsertda, Verona, 2012
Umumiy maʼlumot
Kelib chiqishi London
Mamlakat Angliya bayrogʻi Angliya
Faoliyat yillari 2007—bugun
Janr Folk-rok, indie folk, bluegrass
Leybl Gentlemen of the Road
Island
Universal Music
Universal Music Australia
Glassnote
Tarkib
Vebsayt mumfordandsons.com

Mumford & Sons "Lova Your Ground" nomli minialbom chiqarib, Birlashgan Qirollik va Qoʻshma Shtatlarda kichik konsertlar berib yurishdi. 2009-yili oktabrida guruhning Sigh No More albomi chiqdi. Albom Irlandiya, Avstraliya va Yangi Zelandiya chartlarida birinchi raqamni egallab, Qoʻshma Shtatlardagi Billboard reytingida ikkinchi oʻringa chiqdi. 2010-yil 1-dekabrida guruh ikkita GrammyEng Yaxshi Yangi Artist va Eng Yaxshi Rock Qoʻshiq ("Little Lion Man") mukofotiga nomzod qilindi. Guruh 2010-yilda ARIA, 2011-yilda esa Brit mukofotlarini oldi.

Guruhning ikkinchi albomi, Babel, 2012-yil sentabrida chiqdi.[1] Albom Buyuk Britaniya va AQSh chartlarida birinchi oʻrinni egalladi.[2][3] 2013-yilgi Grammy taqdimotida Babel Yil Albomi mukofotini oldi.

2013-yil 20-sentabrida guruh taʼtilga chiqishini eʼlon qildi.[4] 2014-yil 20-iyulida Ben Lovett guruh Londonda uchinchi albomini yozayotgani haqida xabar qildi.[5]

Diskografiyasi tahrir

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir