Aleksandr Neverov
Aleksandr Sergeyevich Neverov (taxallusi; asl ismsharifi Aleksandr Sergeyevich Skobelev) [1886. 12(24).12, Stavropol uyezdi, Novikovka qishlogʻi — 1923.24.12, Moskva) — rus yozuvchisi. Qishloq maktablarida oʻqituvchilik qilgan. Deh-qonchilik hayotidan olingan ilk hiko-yasi 1906-yilda nashr etilgan. 1917-yilgacha boʻlgan ijodida, asosan, yarim och, yarim yalangʻoch holda yashagan dehqonlar va qishloq ziyolilari hayoti tasvirlangan. Oʻtgan asrning 20-yillari boshlarida Volga boʻylarida avj olgan ochlik N.ni rizq-roʻz axtarib Oʻrta Osiyoga kelishga majbur etgan. Shu davr taassurotlari N.ning qator hikoyalari va "Toshkent — non shahri", "Gʻozu oqqushlar" (1923) kabi qissalarida oʻz ifodasini topgan. Mishka Dodonovning mehridaryo kishilar tufayli omon qolishi tas-viriga bagʻishlangan "Toshkent — non shahri" qissasi N. ijodida alohida oʻrin egallaydi. Qissa oʻzbek tiliga tar-jima qilingan va shu asar asosida kinorejissor Sh. Abbosov ayni nomda kinofilm yaratgan.[3]
Aleksandr Neverov | |
---|---|
Tavalludi | 24-dekabr 1886[1] |
Vafoti | 24-dekabr 1923[2] |
Ijod qilgan tillari | Rus tili |
Fuqaroligi | Rossiya Imperiyasi va SSSR |
Manbalar tahrir
- ↑ (unspecified title)
- ↑ (unspecified title)
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |