Oʻylar (koyne yunoncha: Τὰ εἰς ἑαυτόν; tarjimasi „Oʻzimdan oʻzimga“) — Rim imperatori, faylasuf Marcus Aurelius yozgan shaxsiy izohlar toʻplami. Asarda Aurelius stoitsizm boʻyicha oʻzi uchun yozgan fikr-oʻylari jamlangan.

Oʻylar

Richard Graves 1811-yilda ingliz tiliga oʻgirgan tarjimaning birinchi beti
Asl nomi Nomaʼlum; nomi boʻlmagani taxmin qilinadi
Muallif(lar) Marcus Aurelius
Til Koyne yunoncha
Janr(lar)i falsafa

Aurelius koyne yunon tilida yozilgan oʻylarini 12 boʻlimga boʻlgan. Muallif oʻylarini kitob oʻlaroq chop etishni rejalashtirmagani taxmin qilinadi. Asarning rasmiy nomi yoʻq, shuning uchun u „Oʻylar“, „Meditatsiyalar“, „Oʻzimdan oʻzimga“ va boshqa turli nomlar bilan ataladi. Toʻplamga kiritilgan oʻylar bir gapdan bir necha paragrafgacha choʻziladi.

Havolalar tahrir