Oʻzbegim (Vohidov asari, 2017)

oʻzbek shoiri Erkin Vohidov yozgan sheʼrlar toʻplami (2017)

„Oʻzbegim“, toʻliq nomi Oʻzbegim: Sheʼrlar, dostonlar, hajviyalar, muxammaslar, tarjimalaroʻzbek shoiri Erkin Vohidov qalamiga mansub sheʼriy toʻplam. Ilk bor 2017-yil Toshkent shahrida „Yangi asr avlodi“ nashriyotida lotin yozuvida chop etilgan. 2019-yil ayni nashriyotda ayni ISBN kod bilan va hech bir oʻzgarishsiz qayta chop etilgan[1].

Oʻzbegim: Sheʼrlar, dostonlar, hajviyalar, muxammaslar, tarjimalar
Muallif(lar) Erkin Vohidov
Til oʻzbekcha
Janr(lar)i sheʼrlar
Nashriyot „Yangi asr avlodi“
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 2017
Sahifalar soni 400
ISBN ISBN 978-9943-20-237-5

Toʻplam „Yangi asr avlodi“ nashriyotining „Kamolot kutubxonasi“ ruknida nashr qilingan. Unga shoirning sheʼrlari, „Nido“ va „Ruhlar isyoni“ dostonlari, Matmusa obrazi haqidagi hajviyalari, muxammaslari va Ibn Sino, Hofiz Sheroziy, Bedil, Mirzo Gʻolib, Aleksandr Pushkin hamda Sergey Yesenin asarlaridan tarjimalari kiritilgan.

Manbalar tahrir

  1. „„Oʻzbegim“, Yangi asr avlodi NMM“. Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston milliy kutubxonasi. Qaraldi: 2020-yil 8-dekabr. [sayt ishlamaydi]

Havolalar tahrir