Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi

O'zbekiston Milliy paralimpiya qo'mitasi - O'zbekistondagi sport qo'mitasi. 2021-yil O'zbekiston Milliy paralimpiya assotsiatsiyasi asosida tashkil etilgan[1].

Tarixi tahrir

O‘zbekiston Milliy paralimpiya assotsiatsiyasi 2007 yilda tashkil etilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 18 maydagi “Paralimpiya harakatini rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori asosida O‘zbekiston Milliy paralimpiya assotsiatsiyasi negizida O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi tashkil etildi. O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi Xalqaro Paralimpiya qo‘mitasi (IPC) va Osiyo Paralimpiya qo‘mitasi (APC) a’zosi hisoblanadi.

O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi O‘zbekiston xududida imkoniyati cheklangan sportchilar o‘rtasida turli darajadagi musobaqalarni tashkillashtiradi va o‘tkazadi.  Paralimpiyachilarga respublika va xalqaro miqyosidagi musobaqalarga tayyorgarlik ko‘rishda to‘liq va sifatli sharoit yaratish tashkilotning muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Paralimpiya g‘oyalari hamda qadriyatlarini mamlakat va butun dunyo bo‘ylab targ‘ib qilish, davlat va jamiyat e’tiborini imkoniyati cheklangan insonlarga qaratish ham O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasining asosiy vazifasidir.

Rahbariyat tahrir

Muxtorxon Tashxodjaev 2019 yildan buyon O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi raisi hisoblanadi.[2][3]

Xalqaro musobaqalardagi ishtiroki tahrir

O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi sportchilari 3 ta yozgi Paralimpiya o‘yinlari, 2 ta qishki Paralimpiya o‘yinlari, 4 ta Para Osiyo o‘yinlari, 3 ta Yoshlar Para Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan.

Paralimpiya o‘yinlari tahrir

Tokio-2020

Rio-2016

London-2012

Para Osiyo o‘yinlari tahrir

Guanjou-2010

Incheon-2014

Jakarta-2018

Xanchjou-2022[4]

Yoshlar Para Osiyo o‘yinlari tahrir

Malayziya-2013

BAA-2017

Bahrain-2021

Yana qarang tahrir

  1. Xalqaro Paralimpiya qo‘mitasi (IPC)
  2. Oʻzbekiston Paralimpiya oʻyinlarida

Manbalar tahrir