Osaf Xon maqbarasi (urdu: مقبرہ آصف خان) – Lohur shahridagi Shohdara bogʻda joylashgan maqbara. U Osaf Xon taxallusiga ega boʻlgan Boburiy davlat arbobi Mirzo Abul Hasan uchun qurilgan. Osaf Xon malika Nur Jahonning ukasi va Boburiylar davlati hukmdori Jahongirning qaynisi boʻlgan[1]. Osaf Xon maqbarasi Jahongir maqbarasiga tutash joylashgan. Maqbarasi Oʻrta Osiyo meʼmoriy uslubida qurilgan va forscha uslubdagi Chorbogʻning markazida joylashgan.

Osaf Xon maqbarasi
مقبرہ آصف خان

Sikhlar davridagi talon-torojdan soʻng hozirgi kundagi koʻrinishi.
Umumiy maʼlumot
Turi Maqbara
Joylashuvi Shohdara bogʻ
Shahar Lohur.
Mamlakat Pokiston bayrogʻi Pokiston .
Koordinatalar Koordinatalari: 31°37′21″N 74°17′51″E / 31.6225°N 74.2975°E / 31.6225; 74.2975 G O
Qurilishi boshlangan 1641
Qurilishi tugagan 1645
Egasi Boburiylar
Texnik holati
Material Gʻisht. Marmar va qizil qumtosh bezatishda ishlatilgan.
Osaf Xon maqbarasi

Umumiy maʼlumotlar tahrir

Osaf Xon malika Nur Jahonning ukasi va Mumtoz Mahal nomi bilan mashhur Arjumand Bano Begumning otasi edi. 1636-yilda u bosh qoʻmondon lavozimiga koʻtarildi va bir yildan soʻng Lohur gubernatori boʻldi. Osaf Xon 1641-yil 12-iyunda isyonchi Raja Jagat Singx qoʻshinlariga qarshi jangda vafot etgan. Unga Lahordagi Shohdara bogʻ majmuasida maqbara qurilgan.

Tarixi tahrir

„Podshohnoma“ muallifi Abdul Hamid Lohuriyning yozishicha, ziyoratgoh 1641-1645-yillarda 300 000 rupiy mablagʻ bilan qurilgan. Maqbara Jahongir maqbarasining gʻarb tarafida qurilgan[2].

Sikh imperiyasi hukmronligi davrida maqbara katta zarar koʻrgan. 19-asrda marmar va qumtoshlari uchun sikhlar tomonidan talon-taroj qilingan. Oʻgʻirlangan materiallardan Amritsardagi hindularning Oltin ibodatxonasini bezashda, shuningdek, Lohur qal’asi yaqinida Hazuri bogʻni qurishda foydalanilgan[2].

Manbalar tahrir

  1. Chaudhry, Nazir. Lahore, 2000. 
  2. 2,0 2,1 „Tomb of Asif Khan“. Global Heritage Fund. Qaraldi: 2023-yil 15-dekabr.