Shohdara bogʻ
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
Misol Shohdara Bogʻ (urducha: شاہدره باغ) – Panjobdagi (Pokiston) Ravi daryosining Lohur qal’asiga qarama-qarshi tarafidagi sohilida joylashgan tarixiy hudud. Shohdara Bogʻda Boburiylar davrining bir qancha yodgorliklari, jumladan Jahongir maqbarasi, Akbari Saroy, Osaf Xon maqbarasi, Nur Jahon maqbarasi va Kamron Mirzo Baradari joylashgan.
Shohdara bogʻ | |
---|---|
شاہدره باغ | |
Umumiy maʼlumot | |
Manzili | Panjob |
Shahar | Lohur |
Mamlakat | Pokiston |
Tarixi tahrir
Shohdara soʻzini „shohlar eshigi“ yoki „shohlar yoʻli“ deb tarjima qilish mumkin. 15-asrda Shohdara Boburiylar davlati davrida Lohurga kirish darvozasi boʻlgan. U bir nechta tarixiy obyektlarini oʻz ichiga olgan. Bular Akbari saroy, Jahongir maqbarasi va Osaf Xon maqbarasi. Shohdara bogʻda Kamron Baradari ham joylashgan. Bu joy dastlab Ravi daryosi qirgʻogʻida qurilgan. Daryo oqimining oʻzgarishi uni daryo oʻzanidagi orolchaga aylantirgan. Kichik bogʻda Boburiy malikasi Dohita Un Nissa Begim (1651—1697) qabri joylashgan.
Transport tahrir
Shahdara bogʻ temir yoʻl vokzali Shohdara va uning atrofidagi tumanlarga xizmat koʻrsatadi. Shohdara metrobus bekati Ravi daryosining shimoliy qirgʻogʻida joylashgan.
Galareya tahrir
-
Jahongir maqbarasining ichki koʻrinishi.