PinskBelarusning Brest viloyatidagi shahar, Pina daryosining Pripyatga quyiladigan joyida. Temir yoʻl stansiyasi. Dare porti. Aholisi 132,6 ming kishi (1998). P.da yengil (trikotaj kombinati, sunʼiy charm, zigʻir tola zavodlari), yogʻochsozlik, oziq-ovqat sanoatlari rivojlangan. Kema taʼmirlash, temir-beton buyumlari zavodlari ishlab turibdi. Belarus melioratsiya va suv xoʻjaligi ilmiy tadqiqot institutining Polesye kompleks boʻlimi, drama teatri, tarixiy-meʼmoriy qoʻriqxona mavjud. Shahar 1097-yildan maʼlum. 1318-yildan Litva va Polsha tarkibida, 1793— 1917-yillarda Rossiya imperiyasi, 1921— 39 yillarda Polsha tarkibida. Fran-siskan kostyoli (16-asr boshlari), But-rimovich saroyi (18-asr) bor.[1]

Pinsk

belaruscha: Пінск
{{{rasmiy_nomi}}}ning bayrogʻi
Bayroq
{{{rasmiy_nomi}}}ning rasmiy gerbi
Gerb
52°6′55″N 26°6′11″E / 52.11528°N 26.10306°E / 52.11528; 26.10306 G OKoordinatalari: 52°6′55″N 26°6′11″E / 52.11528°N 26.10306°E / 52.11528; 26.10306 G O
Mamlakat Belarus
Asos solingan 1097
Aholisi
 (2021)
125 900
Telefon kodi +375 165
Pochta indeks(lar)i 225700, 225710, 225716, 225745
Avtomobil kodi 1
Pinsk xaritada
Pinsk
Pinsk

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil