Qirgʻiziston portali

Qirgʻiziston bayrogʻi
Qirgʻiziston bayrogʻi
Qirgʻiziston gerbi
Qirgʻiziston gerbi
Jahon xaritasida joylashuvi
  • P:Qirgʻiziston

Qirgʻiziston (qirgʻizcha: Кыргызстан [qɯrʁɯz'stɑn] Kirgizstan) yoki Qirgʻiz Respublikasi (qirgʻizcha: Кыргыз Республикасы) – Oʻrta Osiyoning shimoli-sharqida joylashgan davlat. Poytaxti – Bishkek shahri. Qirgʻiziston BMTning aʼzosidir. Mamlakat shimolda Qozogʻiston, gʻarbida Oʻzbekiston, janubi-gʻarbida Tojikiston va janubi-sharqida Xitoy Xalq Respublikasi joylashgan. Qirgʻiziston aholisi bugungi kunda 6 million kishidan ortiq. Uning 72,6 % qirgʻizlar, 14,34 % oʻzbeklar, 10,65 % ruslar va 8,31 % 5% tojiklar boshqa turli millat vakillari tashkil qiladi. Umuman, mamlakatda 90 dan oshiq millat va elat vakillari istiqomat qiladilar. Qirgʻizistonning aholisi soni-6 550 000 kishi. (Full article...)

Tanlangan maqola - boshqasini koʻrsatish

Fargʻona vodiysi
Farg‘ona vodiysi sunʼiy yo‘ldosh tasvirida
Fargʻona vodiysi (Fargʻona soyligi) — Oʻrta Osiyodagi togʻlar orasida joylashgan vodiy, Oʻrta Osiyoning yirik togʻ oraligʻi (soylik) botiqlaridan biri. Shimoldan Tyan-Shan, janubdan Hisor-Olay togʻ tizmalari bilan oʻralgan. Asosan, Oʻzbekiston, qisman Qirgʻiziston va Tojikiston Respublikalari hududida joylashgan. Katta qismi Turkiston va Olay tizmalarining shimoliy yonbagʻirlariga borib taqaladigan uchburchak shaklida boʻlib, shimoli-gʻarbdan Qurama tizmasi va Chatqol tizmasi, shimoli-sharqdan Fargʻona tizmasi bilan oʻralgan. Gʻarbda (eni 8-10 km) „Xoʻjand darvozasi“ orqali Toshkent — Mirzachoʻl botigʻi bilan tutashgan. Uzunligi 300 km, eni 60-120 km, eng keng joyi 170 km, maydoni 22 ming km². Balandligi gʻarbida 330 m, sharqdda 1000 m. Fargʻona vodiysining umumiy tuzilishi ellipssimon (bodomsimon) shaklda boʻlib, gʻarbdan sharqqa tomon kengayib boradi. Fargʻona vodiysi yer yuzasi toʻrtlamchi sistemaning allyuviy va prolyuviy choʻkindi togʻ jinslari bilan toʻlgan. Soylik toshkoʻmir davrida egik shaklda boʻlib, oʻrta toshkoʻmir davrida qalin qumtosh — loyli choʻkindilar bilan qoplangan boʻlgan. Boʻr davrida esa sayoz dengiz boʻlgan. Paleogen davrining oxiriga kelib, batamom quruklikka aylangan. Soylik atrofidagi togʻ tizmalari Alp burmalanishida keskin koʻtarila boshlagan, lekin denudatsiya jarayonida qaytadan yemirilib ketgan. Vodiy tubidagi dengiz yotqiziqlari ustini qalinligi 300-400 metrli kontinental yotqiziqlar qoplagan. (Full article...)

The page "Portal:Qirgʻiziston/Bilasizmi/9" does not exist.

Turkumlar

Umumiy tasvirlar

Quyida Vikipediyadagi Qirgʻizistonga oid turli maqolalardan olingan suratlar keltirilgan.

Tegishli portallar


Tojikistondagi dinlar


Postsovet davlatlari


Boshqa mamlakatlar

Tanlangan rasm

Vikiloyihalar

Assotsiatsiyalangan Wikimedia


Portallar yordamida Vikipediyani kashf eting.

Keshni tozalash