Prus tiliboltiq tillaridan biri, baʼzan uni nemis tilining prus shevalaridan farqlash uchun qad. prus tili deb ham atashadi. Prus tili Boltiqboʻyining jan.-sharqida, Visla daryosining sharqida tarqalgan; 2-ming yillikning boshlarida uning tarqalish hududi to-rayadi. 18-asr boshida esa Prus tili ulik tilga aylanib, pruslarning avlodlari nemis tilida soʻzlasha boshlaganlar.

Prus tili
Milliy nomi Prūsiskan
Mamlakatlar Polsha va Rossiya
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 50
Alifbosi Lotin alifbosi
Til kodlari
ISO 639-3 prg[1]

Prus tilining 14—16-asrlardan saqlanib qolgan yodgorliklari — 800 soʻzli nemischa-pruscha, 100 soʻzli pruscha-nemischa lugʻatlar, bir qator hujjatlar, sheʼriy parchalar hamda nemis tilining prus shevalari va polyak tilidan oʻtgan oʻzlashmalar bu til haqida muayyan tasavvur uygʻotadi.[2]

Yana qara tahrir

Manbalar tahrir

  1. (unspecified title)
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil