Ptoz

yuqori ko'z qovog'ining tushishi yoki tushishi bilan tavsiflangan ko'z kasalligi

PTOZ (yun. ptosis — tushish) — koʻz muskullarining falajlanishi natijasida yuqori qovoqning salqib tushishi. Tugʻma yoki hayotda orttirilgan boʻladi. T u gʻ ma P., koʻpincha, nasldan-naslga oʻta-di, deyarli hamma vaqt ikkala koʻz qovogʻi salqiydi. Yuqrri qovoqni koʻta-ruvchi muskulning rivojlanmay qolishi gugʻma P.ga sabab boʻladi. Hayotda orttirilgan P.da, koʻpincha, bitta koʻz qovogʻi salqiydi. P.ning bu xili koʻzni harakatlantiruvchi hamda simpa-tik nervlar bilan innervatsiyalanadigan muskullar falajlanishi natijasida roʻy beradi. P.ni davolashda unga sabab boʻlgan omillar bartaraf etiladi. "P." termini qaysi aʼzoning nomiga qoʻshib aytilsa, shu aʼzoning tushishi tushuniladi (mas, buyrak P.i yoki nefroptoz va h.k.).[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil