Qaskelen (qoz. Қаскелең) — Qozogʻiston Respublikasi Olmaota viloyatidagi shahar (1963-yilda). Qarasay tumanining markazi (1922-yildan). Viloyat markazi – Taldiqoʻrgʻan shahridan janubi-gʻarbga tamon 300 km, Almati shahridan gʻarbga tamon 24 km uzoqlikda, Qaskelen daryosi boʻyida joylashgan. Shahar maydoni 5,31 ming km². Aholisi 63,8 ming kishi (2013).

Qaskelen

qoz. Қаскелең
shahar
43°12′1″N 76°37′20″E / 43.20028°N 76.62222°E / 43.20028; 76.62222 G OKoordinatalari: 43°12′1″N 76°37′20″E / 43.20028°N 76.62222°E / 43.20028; 76.62222 G O
Mamlakat Qozogʻiston
viloyat Almati viloyati
Tuman Qarasay tumani
Hukumat
Asos solingan 1860
Avvalgi nomlari stanitsa Kaskelenskaya, Lyubavinskaya
Qachondan beri shahar 1963
Maydon [convert: invalid number]
Aholisi
 (2013)
63,805[1]
Vaqt mintaqasi UTC+6
Telefon kodi +7 72771[2]
Pochta indeks(lar)i 040900[3]
Avtomobil kodi B, 05
Qaskelen xaritada
Qaskelen xaritada

Aholisi tahrir

1999-yil shahar aholisi 37,221 kishini[4]. 2013-yili esa aholi soni 63,805 kishini tashkil qildi.

Tarixi tahrir

Rossiya imperiyasi 1847-yildan boshlab Yettisuvda istehkom qurishni boshladi. 1861-yil shaharning asosi qozoq-rus stansiyasi qurilib, dastlab lyubovniy, 1901-yildan boshlab Qaskelen deb nomlandi[5].

Sanoati tahrir

Shaharda Sabzavotkonserva zavodi, shahar bosmaxonasi, davlat “Vodokanal” kommunal korxonasi, sut va boshqalar zavodlar ishlab turibdi. Tikuvchilik va attorlik fabrikalari bor. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi.

Ijtimoiy soha tahrir

Qaskelenda shahar yuqumli kasalliklar kasalxonasi, “Sariarqa” davolash maskani, shahar kasalxonasi, feldsher-akusherlik punkt va boshqalar aholiga xizmat qilmoqda. Shuningdek Qaskelenda madaniyat kolleji, madaniyat uyi, muzey, 7 oʻrta, 1 toʻliqsiz, 1 boshlangʻich maktab, 10 ta kutubxona bor.[6].

Manbalar tahrir

  1. Численность населения РК по областям, городам и районам Республики Казахстан на 1 июля 2013 года, 2013-11-15da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2021-02-27
  2. „Almati viloyatining telefon kodlari“. 2021-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 25-noyabr.
  3. „Почтовые индексы Казахстана“. 2010-yil 9-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 25-oktyabr.
  4. „Итоги Национальной переписи населения Республики Казахстан 2009 года“. Агентство Республики Казахстан по статистике. 2013-yil 27-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 24-yanvar. (WebCite saytida 2013-02-27 sanasida arxivlangan)
  5. Астанайская епархия
  6. Qozoq ensiklopediya

Havolalar tahrir