Qozog‘iston-O‘zbekiston muhandislik-gumanitar universiteti

Qozogʻiston-Oʻzbekiston muhandislik-gumanitar universiteti (qozoqcha: Қазақ-Өзбек инженерлік гуманитарлық университеті) — 2001-yilda ochilgan oliy oʻquv yurti hisoblanadi. Uning tarkibiga Turkiston va Sayram pedagogika institutlari, 8 fakultet, 14 kafedra, 2 ta vakolatxona kiradi. Telekommunikatsiya, transport, telekommunikatsiya, neft va gaz, kompyuter dasturchisi, huquqshunos, iqtisodchi, ekolog, oʻqituvchi kabi jami 26 ta mutaxassislik boʻyicha taʼlim tili qozoq, oʻzbek va rus tillarida olib boriladi. Insitutlar bilan chegaralanmagan. Oʻzbek milliy madaniy markazllari ham mavjud va Oʻzbekistonda ham qozoq madaniy markazlari 1992-yildan oz faoliyatini bajarib kelmoqdalar. 2022-yili Oʻzbekistonda qozoq milliy markazimizning 30-yiligiga tashrif buyirdi. Qozogʻiston tarixi va organik kimyo boʻyicha aspiranturada tahsil olgan. 29 nafar fan doktori, 75 nafar fan nomzodi maʼruza qiladi. Universitetda 6118 nafar talaba tahsil olmoqda, ulardan 2600 nafari oʻzbekistonliklardir. 18 nafar oʻquvchi hududiy sertifikat asosida bepul, 100 nafar talaba imtiyozli, ayniqsa, yetim va 1-guruh nogironlari tekin va qisman chegirmalar asosida taʼlim oladi. Oʻzbekistondagi 586 ta qozoq umumtaʼlim maktablarida oʻqituvchilar yetishmasligini bartaraf etish maqsadida 2002-yildan buyon qozoq yoshlarini qabul qiladigan universitetning Toshkentdagi vakolatxonasi faoliyat koʻrsatmoqda. Universitetda sanʼatkorlar toʻgaragi, xalq cholgʻulari orkestri tashkil etilgan. Kikboks sport turi boʻyicha Qozogʻiston gʻolibi Kurmashev Nurbek, yunon-rim kurashi boʻyicha 3-oʻrin sohibi Yoʻldoshev Baxtiyor ushbu taʼlim muassasasi tarbiyalanuvchilaridir[1].

Manbalar tahrir

  1. Oңtүstіk Qazaqstan oblisiniң ensiklopediyasi, 4-tom