DULBEKKO (Dulbecco) Renato (1914) — amerikalik virusolog. Millati italyan, 1947-yildan AQSH da. Tarkibida dezoksiribonuklein kislota (DNK) boʻlgan onkogen viruslarning normal hujayralar bilan oʻzaro taʼsirlashish mexanizmini tadqiq qildi. Viruslar DNK si xujayra genomlarida joylashib, uning tarkibiy qismiga aylanib ketishini tajribada birinchi boʻlib isbotlab berdi. 8V40 virusining ts — mutanti xususiyatini aniqladi (1973). Nobel mukofoti laureata (1975)[1].

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil