Sardor Rafkatovich Qobuljonov (ruscha: Кобулжанов, Сардор Рафкатович; 1987-yil 2-fevral, Toshkent, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbek futbolchisi. „FC Hatlon“ klubi darvozaboni.

Sardor Qobuljonov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Sardor Rafkatovich Qobuljonov
Tavallud sanasi 2-fevral 1987-yil (1987-02-02) (37 yosh)
Tavallud joyi Toshkent, Oʻzbekiston SSR
Boʻyi 185 cm (6 ft 1 in)
Ampluasi Darvozabon
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2007 Metallurg 1 (-)
2007—2009 Paxtakor 2 (0)
2009—2011 Oqtepa 24 (−14)
2011—2014 Buxoro 44 (-62)
2014 Neftchi 5 (0)
2015 Lokomotiv 2 (0)
2015—2017 Buxoro 22 (0)
2017 Sementchi - (0)
2018 Metallurg - (0)
2019 Surxon 5 (0)
2020—2023 Buxoro 40 (0)
2024— Vaxsh Bohtar 0 (0)
Milliy terma jamoa
2012—2013 Oʻzbekiston 0 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Futbolchilik faoliyati tahrir

Klublardagi faoliyati tahrir

Sardor Qobuljonov Bekobodning „Metallurg“ klubi futbol maktabi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2007-yilda ushbu klubda professional faoliyatini boshlagan. 2009-2010-yillarda Toshkentning „Oqtepa“ jamoasida oʻynagan[1]. 2011-yilda Buxoroga koʻchib oʻtdi. Qobuljonov „Buxoro“ tarkibida 3 mavsum toʻp surgan va shu vaqt ichida 44 ta oʻyinda maydonga tushgan. 2014-yil boshida Sardor Qobuljonov Fargʻonaning „Neftchi“ klubi bilan shartnoma tuzib, birinchi davrada bor-yoʻgʻi 1 ta oʻyinda maydonga tushdi va ikkinchi davrada „Neftchi“ning sobiq asosiy darvozaboni Hislat Chilmatov oʻrniga asosiy darvozabonga aylandi[2]. 2015-yilda Buxoroga qaytib keldi[3]. 2016-yilgi mavsumda ogʻir jaroxat oldi[4][5].

2019-yilgi mavsumda „Surxon“ jamoasi safiga oʻtdi[6][7]. 2020-yilgi mavsum Buxoro klubi bilan shartnoma imzolagan[8][9]. 2024-yilgi mavsum oldidan „Gʻijduvon“ klubida tarkibida boshlashga yaqin edi, ammo Gʻijduvon jamoasi moliyaviy muammolar sababli mavsumda birorta musoboqa ishtirok eta olmasligi maʼlum boʻldi. Sardor yangi mavsum oldidan Tojikiston Oliy ligasi jamoasi „Vaxsh Bohtar“ klubi bilan shartnoma imzolagan[10].

Terma jamoadagi faoliyati tahrir

Qobuljonov 2012—2013 yillarda Oʻzbekiston terma jamoasiga chaqirilgan, ammo maydonga tushmagan[11].

Yutuqlar tahrir

Manbalar tahrir

  1. „Сардор Қобулжонов: “Оқ-тепа” менга кўп нарса берди”“ (2013-yil 8-dekabr).
  2. „Сардор Қобулжонов: “Мени “Нефтчи”да яхши кутиб олишди”“ (2014-yil 24-fevral).
  3. „"Бухоро": Сардор Қобулжонов билан шартнома тузилди“ (2016-yil 8-yanvar).
  4. „"Бухоро" дарвозабони Сардор Қобулжоновнинг оёғи синди“ (2016-yil 22-avgust).
  5. „Сардор Қобулжонов операция қилинди“ (2016-yil 29-fevral).
  6. „Расмий хабар: Станоевич ва Қобулжонов "Сурхон" жамоаси аъзосига айланди“. 2022-yil 25-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-noyabr.
  7. „Расмий хабар: Станоевич ва Қобулжонов "Сурхон" жамоаси аъзосига айланди“ (2019-yil 2-mart).
  8. „Қобулжонов, Хосинов ҳамда Жасур Ҳасанов “Бухоро”да“ (2020-yil 11-yanvar).
  9. „Қобулжонов, Хосинов ҳамда Жасур Ҳасанов “Бухоро”да“. 2022-yil 25-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-noyabr.
  10. „37 ёшли ўзбекистонлик дарвозабон фаолиятида илк бор легионерга айланди“ (2024-yil 8-aprel).
  11. „Сардор Қобулжонов, Алибобо Раҳматуллаев, Гейнрих ва мураббий Қосимов — Гонконгга қарши кечган Тошкентдаги сўнгги ўйин“ (2024-yil 12-mart).

Havolalar tahrir