Sarguzashtlar

oʻzbek yozuvchisi Pirimqul Qodirov qalamiga mansub qissa va hikoyalar toʻplami

„Sarguzashtlar“oʻzbek yozuvchisi Pirimqul Qodirov qalamiga mansub qissa va hikoyalar toʻplami. 1974-yil Toshkent shahrida „Yosh gvardiya“ nashriyotida chop etilgan. Toʻplamga bolalar uchun moʻljallangan qissa va hikoyalar kiritilgan boʻlib, ular muallif boshidan kechirgan va koʻrgan sarguzashtlarga asoslangan. Ulardagi voqealar Toshkent shahrida, Turkiston tizma togʻining archazor oʻrmonlarida, Amudaryo, Issiqkoʻl, Qora dengiz va Hind okeanida boʻlib oʻtadi. Toʻplam 1 qissa va 6 hikoyani oʻzida jamlagan.

Sarguzashtlar
Muallif(lar) Pirimqul Qodirov
Til oʻzbekcha
Janr(lar)i qissa va hikoyalar
Nashriyot „Yosh gvardiya“
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 1974
Sahifalar soni 128

Asarni nashrga tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: S. Saydaliyeva – muharrir, P. Voronkin – rassom, K. Nazarov – rasmlar muharriri, N. Sorokina – texnik muharrir, H. Akbarova – musahhih. Kitob adadi – 75 000 nusxa.

Qissa va hikoyalar tahrir

Qissalar

  • „Akramning sarguzashtlari“

Hikoyalar

  • „Amu changalida“
  • „Issiqkoʻl safari“
  • „Xatarli uchrashuv“
  • „Xaloskor“
  • „Fil mingan sayyohlar“
  • „Okeandagi olishuv“