Martiros Sergeyevich Saryan (armancha: Մարտիրոս Սերգեի Սարյան) – arman, Sovet rassomi, landshaft ustasi, grafik rassom. SSSR xalq artisti (1960). Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1965). Lenin mukofoti (1961) va ikkinchi darajali Stalin mukofoti (1941) laureati. U asosan simvolizm va fovizm uslublarida ishlagan[1]. Rassomning ishi arman sovet rassomligi milliy maktabining shakllanishida yetakchi rol oʻynagan.

Saryan Martiros
Tavalludi 28-fevral 1880-yil
Rostov-na-Donu, Rossiya imperiyasi
Vafoti 5-may 1972-yil
Yerevan, SSSR
Millati Rossiya bayrogʻi Rossiya SSSR bayrogʻi SSSR
Sohasi peyzaj, portret, grafika
Mukofotlari Sotsialistik Mehnat Qahramoni

Lenin ordeni Lenin ordeni Lenin ordeni Lenin ordeni Mehnat Qizil Bayroq orden „Shon-sharaf belgisi“ ordeni Kavkaz mudofaasi uchun medali 1941–1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushidagi jasoratli mehnati uchun medali SSSR xalq artisti Lenin mukofoti Stalin mukofoti

Tarjimai holi tahrir

Saryan Martiros 1880-yil 28-fevral kuni Yekaterinoslav viloyati, Rostov tumani, Naxijevan-Don (hozirgi Rostov-na-Donu ) shahrida patriarxal arman oilasida dunyoga kelgan. 1895-yilda shahar maktabini tamomlagan. 1897–1904-yillarda Moskva rassomlik, haykaltaroshlik va arxitektura maktabida (hozirgi V. I. Surikov nomidagi Moskva rassomlik instituti), shu jumladan V. A. Serov va K. A. Korovin ustaxonalarida tahsil olgan. 1901–1904-yillarda Lori, Shirak, Etchmiadzin, Hagpat, Sanaxin, Yerevan va Sevan shaharlariga sayohat qilgan.

 
Rassom Martiros Saryan (pastdan chapdan ikkinchi) 1902-yilda Sanaxin arman monastiridagi xachkar yonida
 
A. Sarkisyan , M. Saryan, A. Danielyan, S. Martirosyan, A. Isaakyan, V. Vagarshyan

1900-yillarda u „Golubaya roza“, „Zolotoye runo“, „Soyuz russkix xudojnikov“, „Mir iskusstva“, „Chetire iskusstva“ badiiy birlashmalarining koʻrgazmalarida qatnashgan. Rassomning uslubiga Paul Gaugin va Henri Matissening rasmlari kuchli taʼsir koʻrsatgan. 1910–1913-yillarda Turkiya, Misr va Eronga bir qancha sayohatlar qilgan. 1916-yilda Tblisiga kelib, arman yozuvchisi G. Agayanning qizi Lusik Agayanga uylangan. Shu bilan birga, Arman rassomlari jamiyati va Armaniston rassomlari uyushmasini tashkil etishda ishtirok etgan. Saryan Martiros 1972-yil 5-mayda Yerevanda vafot etdi. U panteon nomi bilan atalgan Komitas qabristoniga dafn qilingan.

Faoliyati tahrir

SSSR Badiiy akademiyasining akademigi (1947), SSSR Rassomlar uyushmasi aʼzosi, Armaniston SSR Rassomlar uyushmasi raisi (194–1951), Armaniston SSR Fanlar akademiyasining haqiqiy aʼzosi (1956), SSSR Oliy Kengashining II – IV chaqiriq deputati (1946–1958), 1959-yildan Armaniston SSR Oliy Kengashi deputati lavozimlarida faoliyat olib borgan.

Asosiy ishlari tahrir

  • „Ulitsa. Polden“ 1911-yil
  • „Armiyanka s sazom“ 1915-yil
  • „Skazka“ 1904-yil
  • „Karol s docheryu“ 1904-yil
  • „Kometa“ 1907-yil
  • „Vecher v gorax“ 1907-yil.

Mukofot va unvonlari tahrir

Kino olami tahrir

1965-yil „Armenfilm“ studiyasida Laertes Vagharshyanning „Martiros Saryan“ hujjatli filmi suratga olingan, unda „Iskusstvo kino“ jurnali muallifining soʻzlariga koʻra, rassom va uning rasmlari nafaqat suratga olish obyektiga, balki qahramonlarga ham aylanganligini taʼkidlagan[3]..

Manbalar tahrir

  1. „САРЬЯН Мартирос Сергеевич“. 2021-yil 9-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 5-aprel.
  2. Хронография Еревана. Ер.: Музей истории города Еревана, 2009 — 66 bet. 
  3. Каменский А. Кино и живопись // Искусство кино. — 1966. — Andoza:Бсокр. — Andoza:Бсокр.