Sekundomer — vaqt oraligʻini soat, minut, sekund va sekundning ulushlarida oʻlchaydigan asbob. S.ning asosiy mexanizmlari soa/yanikiga oʻxshash. Birinchi S 19-asr oxirida paydo boʻlgan; unda faqat bitta sekund mili boʻlib, vaqt oraligʻi sekundda oʻlchangan (nomi igundan). Choʻntakda olib yuriladigan, qoʻlga taqiladigan va stolga qoʻyiladigan Slar farqlanadi. S.da milni yurgizib yuborish, toʻxtatish va nolga qaytarish mumkin. S.ning mexanik, elektr va elektron turlari bor. Kvars generatoridan ishlaydigan elektron S. juda aniq ishlaydi. S. sanoat, sport va boshqa joylarda ishlatiladi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil