Shimoliy Xuroson (forscha: خراسان شمالی‎ / Xorâsân-e Šemâli) — Eron ustonlaridan biri. Eronning shimoli-sharqiy qismida joylashgan. Maʼmuriy markazi — Bujnurd shahri. Boshqa yirik shaharlari: Shirvon, Isfarayon. Aholisi soni — 867 mingdan ziyod.

Shimoliy Xuroson
forscha: خراسان شمالی‎ / Xorâsân-e Šemâli
Uston
Maʼmuriy markazi Bujnurd
Yirik shahari Bujnurd
Boshqa yirik shaharlari Shirvon, Isfarayon
Asos solingan sanasi 2004-yil
Rasmiy tili forscha
Aholi (2011) 867 727
Zichligi 31 kishi./km²
Millatlar tarkibi forslar, turkmanlar, kurdlar
Dinlar tarkibi musulmonlar
Maydoni 28 434 km²
Vaqt mintaqasi UTC+3:30
Xaritada
Shimoliy Xuroson xaritada
Koordinatalari: 37°28′34″N 57°19′54″E / 37.47611°N 57.33167°E / 37.47611; 57.33167 G O

Shahristonlari tahrir

 
Uston shahristonlari

Shimoliy Xuroson ustoni 7 ta shahristonga (viloyat) boʻlingan: Quyida ushbu shahristonlar roʻyxati keltirilgan:

  1. Bujnurd
  2. Faruj
  3. Germe
  4. Isfarayon
  5. Jojrum
  6. Moneh va Samalqan
  7. Shirvon

Aholisi tahrir

2011-yilgi maʼlumotlarga koʻra, Shimoliy Xuroson ustonida 867 727 kishi istiqomat qiladi. Aholining 46 foizini kurdlar tashkil etadi. Aholining 27 foizini forslar, 20 foizini turkmanlar tashkil etadi. Aholi dindorlarining asosiy qismi musulmonlardir (shia va sunniy mazhablari ushbu ustonda bir xil tarqalgan). Uston rasmiy tili — forscha.

Manbalar tahrir