Sistola (yun. systole — qisqarish) — yurak boʻlmachasi va qorinchasining alohida, lekin ketma-ket qisqarishi; bunda qon arteriyalarga haydaladi. Boʻlmacha va qorinchalar S.sining diastola (boʻshashish) bilan izchil almashinib turishi yurak faoliyati siklini (bir maromda ishlashini) tashkil etadi. Odamda yurak muskullari 75 marta qisqarganda, S. yurak boʻlmachalarida 0,1 sek., qorinchalarida esa 0,5 sek. davom etadi (yana qarang Diastola, Yurak).