Sitsero — 1) bosmaxona shrifti. Oʻlchami (kegli) 12 punkt (4,51 mm) ga teng. Dastlab, Sitseronning "Xatlar" asarini chop qilishda qoʻllanilgan (Rim, 1467-yil, nomi shundan). S. asosan bolalar uchun moʻljallangan nashrlar va boshlangʻich sinflar darsliklarini terish uchun qoʻllanadi; 2) bos-maxonalarda harf terish uchun ishlatiladigan chiziqli oʻlchovlar birligi: 1 S.=12 punkt = ^ kvadrat.