2013-yilning 5-yanvar kuni Qirgʻiziston chegarachilari (Oʻzbekiston va Qirgʻiziston) oʻrtasida bahsli boʻlib turgan hududga simyogʻochlar oʻrnata boshlaganiga Soʻx anklavidagi Xushyor qishlogʻi aholisi norozilik bildirgani natijasida kelishmovchiliklar kelib chiqdi.[1]

6-yanvar kuni bu norozilik qirgʻiz chegarachilarini oʻq uzishga majbur qilgan va har ikki tomondan odamlar garovga olingan. 7-yanvar kuni janjalning keskin fazasi toʻxtatilgan. Shundan soʻng maʼlum bir muddat Soʻx anklavi qamal holatida boʻldi. Qirgʻiziston rasmiylari koʻrilgan moddiy zarar toʻlanmagunicha yoʻllarni ochmasligi toʻgʻrisida bayonot bergan.

Manbalar tahrir

  1. Tovon toʻlash vazifasi soʻxliklarning oʻziga yuklatildi