Soddalashtirilgan ingliz tilidagi Vikipediya

Soddalashtirilgan ingliz tilidagi Vikipediya (inglizcha: Simple English Wikipedia) — Inglizcha Vikipediyani tushunishi mushkul boʻlgan foydalanuvchilar uchun moʻljallangan Vikipediya boʻlimi. Bu til boʻlimi bilan ishlash uchun ingliz tilining asosiy qoidalarini bilsa shuning oʻzi kifoya.

Favicon of Wikipedia Soddalashtirilgan ingliz tilidagi Vikipediya
Simple English Wikipedia
Vikipediya logosi
Web-manzil simple.wikipedia.org
Interwiki Bosh sahifa
Asosiy boʻlim jami 285 tilda
Asos solingan sana 2004-yil
Maqolalar soni 250 864
Egasi Wikimedia
Litsenziya erkin
Reklama yoʻq

Bu Vikipediya boʻlimi eng avval ingliz tilini yangidan oʻrganayapganlarga moʻljallangan boʻlib, dars yuzasidan foydalanishi mumkin. Shuningdek soddalashtirilgan ingliz tilidagi Vikipediya kichkina bolalarga uyga vazifasini bajarish uchun yoki qoʻshimcha maktabdaan tashqari oʻqishi uchun foydalidir[1]. Vikipediyaning bu boʻlimidagi maqolalar Inglizcha Vikipediyaning maqolalarining juda soddalashtirilgan va qisqartilgan naʼmunalari boʻlib hisoblanadi. Uning maqolalari Inglizcha Vikipediya bilan taqqoslaganda soʻzlarning kam miqdorini va soddalashtirilgan grammatikani foydalanadi. Shuningdek Vikipediyaning bu boʻlimi Inglizcha Vikipediyaga qaraganda boshqa maqsadlarni koʻzlaydi.

Vikipediyaning bu boʻlimining tashkil topishi qarshiliklarga duchor boʻldi — alohida „soddalashtirilgan ingliz tili“ yoʻq, biroq Vikipediya foydalanuvchilarining munozarasidan soʻng, bu boʻlimni yanada rivojlantirish uchun qaror qabul qilindi[2].

Hozirgi ahvoli tahrir

2024-yil 26-Aprel boʻyicha Soddalashtirilgan ingliz tilidagi Vikipediyada 250 864 maqolalar mavjud. 1 439 997 foydalanuvchi roʻyxatdan oʻtgan, ularning 1 585 nafari oxirgi oy ichida kamida bitta tahrir qilgan, 18 foydalanuvchi esa administrator. Jami tahrirlar soni — 9 481 338. Teranligi (bugun): 59

Yana qarang tahrir

Manbalar tahrir