Sovun suv bilan birga tozalashda ishlatiluvchi yuzaviy-faol moddadir. Sovun qattiq yoki suyuq holatlarda ishlab chiqariladi.

Qoʻlbola sovun.

Sovun — tarkibida 8 tadan 18 tagacha uglerod atomi boʻlgan yuqori molekulali yogʻ, naften va smola kislotalarining tuzlari (qarang Karbon kislotalar). Sovunda va roʻzgʻorda (tovar S.) S. deganda karbon kislotalarning suvda eriydigan tuzlariga yuvuvchi taʼsirga ega boʻlgan baʼzi moddalarning qoʻshilmasi tushuniladi. Bu aralashmalarning asosini toʻyingan va toʻyinmagan yogʻ kislotalari (stearin, palmitin, miristin, laurin va olein)ning natriyli (baʼzan, kaliyli va ammoniyli) tumari tashkil etadi. Mol. m. kichik kislotalar yuvuvchi taʼsirga ega emas, mol. m. katga kislotalar esa suvda yomon eriydi. Ishqoriy yer va ogʻir metallar (mis, simob va boshqalar)ning tuzlari shartli ravishda "metall" S. deyiladi. Ularning koʻpchiligi suvda erimaydi, lekin uglevodlarda eriydi, bunday tuzlar plastik (konsistent) surkov materiali, loklar, plastifikatorlar va boshqa tayyorlashda qoʻllanadi. Suvsiz natriyli S. — qattiq modda, suyuqlanish temperaturasi 250—260°. S. ga suv qoʻshilganda uning suyuqlanish temperaturasi pasayadi. Tovar S.ning suyuqlanish temperaturasi 100°. Qattiq S.ning zichligi 1050 kg/m³ ga yaqin; suvsiz S, gifoskopik S.ning yuvuvchi modda, hoʻllagich, emulgator, peptizator, surkov materiallari va boshqa sifatida keng ishlatilishining sababi S. molekulalarning oʻziga xos tuzilganligidir. S. — sirt faolmoddalaraan. S. suvli eritmalarda gidrolizlanadi. S. eritmasi ishqoriy reaksiyaga ega. Oʻta suyultirilgan S. ionlarga toʻliqdissotsiyalanadi. Qattik, suvda S.ning yuvuvchi taʼsiri keskin pasayadi, chunki bunda suvda erimaydigan kalsiy va magniy tuzlari hosil boʻladi (qarang Suvning qattiqligi).

S. qadimdan maʼlum yuvuvchi vositadir. Qadimgi gallar va germanlar yogʻlarni oʻsimlik kuli, ohak va tabiiy ishqorlar bilan ishlab S. tayyorlaganlar. 17-asrda potash (K2SO3) qoʻllab kaliyli suyuq ("yashil") S. ishlab chiqarilgan. 1800-yildan suyuq S.ga qaynatish paytida osh tuzi bilan ishlov berish orqali qoʻlbola "qattiq va sariq" natriyli Sovunch. boshlangan. Ilk bor kalsinatsiyalangan sodadan foydalanib sanoat miqyosida S. ishlab chiqarish 18-asr oxirlarida amalga oshirilgan.

Maʼlumki, kir kiyimkechak va boshqa materiallarda turli yogʻlar boʻladi. Bunday materiallar suv bilan yuvilganda toza boʻlmaydi, chunki kir tarkibidagi yogʻlar hoʻllanmaydi. S. bilan yuvilganda S.ning tortadigan qismi (yaʼni karboksil guruh) kir tarkibidagi yogʻlarni hoʻllaydi. Natijada materialdagi kir S. eritmasi bilan emulsiya hosil qiladi va suv bilan oson yuviladi.

S. neytral yogʻlarga oʻyuvchi ishqorlar taʼsir ettirib yoki yogʻ kislotalarini oʻyuvchi ishqorlar yoxud ishqorli karbonatlar bilan neytrallab olinadi. S. konsistensiyasiga koʻra, qattiq, mazsimon, suyuk va poroshoksimon boʻladi; ishlatilish maqsadiga qarab kir S, atir S. va texnik S.ga boʻlinadi; tayyorlash usuli boʻyicha yelimli va oʻzakli S.ga ajraladi.

Natural va gidrogenlangan holdagi oʻsimlik yogʻlari, hayvon yogʻlari, sintetik yogʻ kislotalari, yogʻlarni tozalashda hosil boʻlgan chiqindilar, kanifol S. tayyorlash uchun xom ashyo sifatida ishlatiladi. S. pishirish uchun neytral va parchalangan yogʻlardan foydalaniladi.

Adabiyot tahrir

  • Abramzon A. A., Poverxnoaktivnie veshestva, 2 izd., L., 1981.

Sobirjon Aminov.

Kimyoviy jihatdan sovun yogʻ kislotasining tuzidir. Odatda sovun yogʻ va ishqorlar (natriy gidroksid, kaliy gidroksid kabi) yoki natriy karbonat reaksiyalari natijasi oʻlaroq hosil qilinadi. Bunda ishqor va suv yogʻni gidrolizlab, glitserin va sovunga aylantiradi. Sovun tabiiy jarayon orqali ham hosil boʻlishi mumkin; hayvon murdalarining qisman sovunga aylangani kuzatilgan.

Zamonaviy sovunlarga koʻp miqdorda boshqa yuzaviy-faol moddalar (masalan, abraziv, enzimlar, oksidlovchilar, atir va hk) qoʻshiladi.