Sporofit (spora(lar) va ... fit) — rivojlanish davrida jinsiy va jinssiz nayeli gallanib turadigan oʻsimliklarning jinssiz nayeli; sporalar hosil qiladi. S. urgʻochi va erkak gaploid jinsiy gametalar qoʻshilib hosil qilgan zigotadan oʻsib chiqadi. S.ning har bir hujayrasi zigota singari diploid xromosomali. Tuban oʻsimliklar (volvokssimonlar, ulotrikslar va boshqalar) Si gaploid yoki diploid boʻlishi mumkin (qoʻngʻir, qizil va baʼzi yashil suvoʻtlar). S.da jinssiz koʻpayish organi — sporangiylar shakllanadi. Sporangiylarda reduksion boʻlinish (qarang Meyoz) orqali gaploid meyosporalar hosil boʻladi. Meyosporalardan gaploid jinsiy boʻgʻin gametofit shakllanadi. Oʻsimliklarning har xil guruhi hayot siklida S. bir xilda namoyon boʻlmaydi. Tuban oʻsimliklarning izomorf nayel almashinuvida S. morfologik jihatdan gametofitdan farq qilmaydi (ayrim yashil va qoʻngʻir suvoʻtlar). Geteromorf nayel almashinuvida S. tobe (monostrom, kutleriyev suvoʻtlar) yoki ustunlik qilishi (sifonsimon va qoʻngʻir suvoʻtlar) mumkin. Yuksak oʻsimliklar sikli geteromorf boʻlib, yusinsimonlardan boshqa barchasida S. ustunlik qiladi. Yoʻsinsimonlarda S. gematofitning ustida hosil boʻladi va uning hisobidan oziqlanadi.